JavaScript'da primitiv tiplar obyekt kabi ishlatilishi mumkin. Chunki primitivlarning metodlari yoki property'larini ishlatarkanmiz JS bizga o'sha primitivni mos obyekt bilan o'rab beradi (manbaa). Quyida aynan Number'larning "metod"larini ko'rib chiqamiz:
toExponential()
Sonni eksponensial (mantissa va o'nning darajasi) ifodaga o'giradi.
const num = 12000;
num.toExponential(); // '1.2e+4'"Exponential notation" atamasining o'zbekchasi bilsangiz, iltimos, kommentlarda qoldiring.
toFixed(n)
Sonni o'nli kasrda ko'rinishida nuqtadan keyin n ta son qoldirgan holda ifodalaydi. n soni [0, 100] oralig'ida bo'lishi shart:
const num = 12000;
num.toFixed(2); // '12000.00'
const num1 = 3.141592;
num1.toFixed(1); // '3.1'
num1.toFixed(0); // '3'toPrecision(n)
Sonning n ta muhim raqamini saqlab qolgan holda eksponensial ko'rinishda ifodalaydi. n soni [1, 100] oralig'ida bo'lishi shart.
toFixed() dan farqi shuki, bu metod nuqtadan keyin emas, balki sonning boshidan boshlab muhim raqamlarni hisobga oladi:
(12).toPrecision(4); // '12.00'
(1234).toPrecision(2); // '1.2e+4'
(1234).toPrecision(3); // '1.23e+4'