Signal API bilan biror ma'lumotni saqlash va uning o'zgarishini kuzatish mumkin. Xuddi React'dagi state management'ga o'xshaydi. Shuni JavaScript'ning bir qismiga aylantirish uchun taklif kiritishibdi. Taklif hali 0-etapda, hali xom.
Agar bu JavaScript standartiga kiritilsa deyarli barcha UI freymvork va kutubxonalar hajmi qisqaradi. Page load performance uchun bu yaxshi. Bu birinchidan.
Ikkinchidan boilerplate-code kamayadi. Tushunarsiz murakkabliklar kamayadi. Bunday murakkabliklar faqat kutubxonalarga xos emas. State management katta dasturlarga kelganda har doim yoqimsiz mujmallikka sabab bo'ladi.
Uchinchidan DevTools.
Debugger ishlatganlar bormi? Ayniqsa React'da biror narsani debugger orqali tekshiraman desangiz kutubxonaning ichki funksiyalari ichida qolib ketasiz. Bitta state update bo'lishi uchun "millionta" funksiya chaqiradi React! Nima bo'lyotganini tushunish qiyin va o'zingizning kodingiz qolib React'ni ichida adashib qolasiz.
React va boshqa kutubxonalar qiladigan ishlarning katta qismini JavaScript'ning o'zi qilsa qanday yaxshi? DevTools debugger'ni ishlatish ancha oson va tushunarli bo'lardi.
Bu albatta mening ilk taassurot va mulohazalarim.